«qatag‘on qurbonlari» tegli maqolalar


Oliy sudda 174 nafar qatag‘on qurbonining nomi oqlandi. Ular orasida Abdulla Qodiriy ham bor
3 dekabr 2023, 12:48

Oliy sudda 174 nafar qatag‘on qurbonining nomi oqlandi. Ular orasida Abdulla Qodiriy ham bor

Oliy sud 6 ta jinoyat ishi bo‘yicha qo‘zg‘olonlar va aksilinqilobiy bosmachilik qilishda ayblangan 174 nafar qatag‘on qurbonining nomini oqladi. Ularning aksariyati Surxondaryo, Buxoro, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda yashagan. Xususan, oqlanganlar orasida taniqli adib Abdulla Qodiriy ham bor. Ro‘yxat.

Qozog‘iston 2,4 mln dan ortiq qatag‘on qurboni ma’lumotlarini maxfiylikdan chiqardi
18 sentabr 2023, 15:15

Qozog‘iston 2,4 mln dan ortiq qatag‘on qurboni ma’lumotlarini maxfiylikdan chiqardi

Qozog‘istonda 1929−1956-yillardagi siyosiy qatag‘on qurbonlarining 2,4 milliondan ortiq arxiv kartochkalari maxfiylikdan chiqarildi. Surgun qilinganlar, maxsus ko‘chirilganlar va jinoiy javobgarlikka tortilgan 311 ming nafar shaxs reabilitatsiya qilindi.

240 nafar qatag‘on qurbonining nomi oqlandi (ro‘yxat)
25 avgust 2023, 12:42

240 nafar qatag‘on qurbonining nomi oqlandi (ro‘yxat)

Oliy sud 5 ta jinoyat ishi bo‘yicha 240 nafar qatag‘on qurbonining nomini oqladi. Ular hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida yashagan. Surgun qilinganlar ichida bir necha o‘nlab Qozog‘iston SSR fuqarolari ham bo‘lgan.

Oliy sud: 208 nafar qatag‘on qurbonlari nomi oqlandi (ro‘yxat)
20 aprel 2023, 15:52

Oliy sud: 208 nafar qatag‘on qurbonlari nomi oqlandi (ro‘yxat)

Oliy sud 3 ta jinoyat ishi bo‘yicha surgun qilingan va otilgan 208 nafar qatag‘on qurbonining nomini oqladi. Ularning aksariyati Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida yashagan. 2021−2023-yillar davomida sovet davrida qatag‘on qilingan jami 408 nafar o‘zbekistonlik oqlandi.

Toshkent Moskvadan sobiq Ittifoq davrida qatag‘on qilinganlarning jinoyat ishlarini talab qilib oladi — Oliy sud
22 dekabr 2022, 22:02

Toshkent Moskvadan sobiq Ittifoq davrida qatag‘on qilinganlarning jinoyat ishlarini talab qilib oladi — Oliy sud

173 nafar qatag‘on qurboni oqlangani haqida yozgandik. Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimovning aytishicha, bu «O‘zbekiston xalqini sobiq Ittifoqqa nisbatan bo‘ysundirish maqsadida qilingan xatti-harakatlardir». Toshkent Moskvadan boshqa qatag‘on qilinganlarning ham jinoyat ishlarini talab qilib oladi.

173 nafar qatag‘on qurbonlari nomlari oqlandi (ro‘yxat)
19 dekabr 2022, 21:15

173 nafar qatag‘on qurbonlari nomlari oqlandi (ro‘yxat)

Oliy sud 4 ta jinoyat ishi bo‘yicha surgun qilingan, otilgan va mol-mulki musodara qilingan 173 nafar qatag‘on qurbonlari nomini oqladi. Ularning aksariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida yashagan. Bir nafari esa Eron fuqarosi bo‘lib, u SSRI hududidan deportatsiya qilingan.

«Bu shov-shuvli siyosiylashtirish va populistik vahima uchun sababmi?» Senator — Shavkat Mirziyoyev nutqiga Rossiya OAVlari va deputat munosabati haqida
2 sentabr 2022, 20:14

«Bu shov-shuvli siyosiylashtirish va populistik vahima uchun sababmi?» Senator — Shavkat Mirziyoyev nutqiga Rossiya OAVlari va deputat munosabati haqida

Prezident Qatag‘on qurbonlarini xotirlash kunida mamlakatni ozod qilishga uringani uchun totalitar tuzum repressiyasiga uchragan o‘zbeklarni tilga oldi. Uning so‘zlarini Rossiya OAVlari «SSSRni o‘zbek millatining gultojlarini yo‘q qilishda ayblash» deb talqin qildi, Duma deputati esa buni spekulyatsiya deb atadi.

120 nafar qatag‘on qurbonlari nomlari oqlandi — Oliy sud
7 yanvar 2022, 10:50

120 nafar qatag‘on qurbonlari nomlari oqlandi — Oliy sud

Oliy sud 6 ta jinoyat ishi bo‘yicha surgun qilingan, otilgan va mol-mulki musodara qilingan 120 nafar qatag‘on qurbonlari nomini oqladi.

«Biz shu vaqtgacha tarixning o‘zimizga yoqqan joylarini olib, yoqmagan tomonini yashirib o‘tdik» — prezident
31 avgust 2021, 11:57

«Biz shu vaqtgacha tarixning o‘zimizga yoqqan joylarini olib, yoqmagan tomonini yashirib o‘tdik» — prezident

Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib, yangi rekonstruksiya qilingan «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyiga kirib ko‘rdi. Prezident har bir hududdagi jadidlar va qatag‘on qurbonlari nomini tiklab borish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

115 nafar qatag‘on qurbonlari nomlari oqlandi — Oliy sud
25 avgust 2021, 19:31

115 nafar qatag‘on qurbonlari nomlari oqlandi — Oliy sud

6 ta jinoyat ishi bo‘yicha reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan 115 nafar qatag‘on qurbonlari oqlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting